Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/davam/public_html/engine/modules/show.full.php on line 292 davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Çap səhifəsi > Oʻzbek filmlari birinchi marotaba Osiyo xalqaro kinofestivali sovrinlariga sazovor boʻldi
davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Türk dünyası-Turan > Oʻzbek filmlari birinchi marotaba Osiyo xalqaro kinofestivali sovrinlariga sazovor boʻldi

Oʻzbek filmlari birinchi marotaba Osiyo xalqaro kinofestivali sovrinlariga sazovor boʻldi


Maxliyo Asqaraliyevaning “Sovgʻa” filmi Gonkongda boʻlib oʻtgan “DigiCon6 Asia Awards 2019” nufuzli xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalining “Next Generation” mukofotiga sazovor boʻldi. Film 25 yoshgacha boʻlgan osiyolik yosh rejissyorlar tomonidan yaratilgan kinoasarlar orasida birinchi oʻrinni egalladi. Shokir Xoliqovning “Choy“ filmi birdaniga festivalning ikki nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Ushbu kartina Osiyo mintaqasidagi davlatlar vakillari taqdim etgan ijod namunalari orasida eng yaxshi deb topilib, Gran-Pridan keyin ikkinchi muhim sovrin hamda “Mintaqaviy oltin gʻolib“ mukofotini qoʻlga kiritdi. “DigiCon6 Asia Awards 2019”da birinchi marotaba ishtirok yetayotgan oʻzbekistonlik yosh kinoijodkorlarning filmlari tomoshabinlar va hakamlar qalbini zabt yetdi. “DigiCon6 Asia Awards 2019” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali Yaponiyaning mashhur TBS kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Prezidentimizning Yaponiyaga davlat tashrifi arafasida yosh kinoijodkorlarimiz bu ulkan gʻalabani qoʻlga kiritgani ramziy maʼnoga ega, - deydi “ Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. – Shokir Xoliqovning “Choy“ filmi bundan oldin Kann kinofestivalida “Gran-pri”ga munosib koʻrilgan, endi esa, Gonkongda yuksak mukofotlarga sazovor boʻldi. Ushbu film Yaponiyaning markaziy telekanalida namoyish etiladigan boʻldi. Bu ayniqsa, yaponiyaliklarning Oʻzbekiston haqidagi tasavvurlarini kengaytirishda juda muhimdir. Taʼkidlash joizki, kinofestival Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand va Oʻzbekistonning yosh isteʼdodli kinoijodkorlarini birlashtirdi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)


Geri dön