Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/davam/public_html/engine/modules/show.full.php on line 292 davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Çap səhifəsi > “Basyo yurti mo‘jizalari“
davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Türk dünyası-Turan > “Basyo yurti mo‘jizalari“

“Basyo yurti mo‘jizalari“


“Oltin meros-press” nashriyotida taniqli ijodkor Amirqul Karimning “Basyo yurti mo‘jizalari“ nomli kitobi chop etildi. O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlariga bag‘ishlangan kitobda muallifning kunchiqar mamlakatga qilgan safari taassurotlari, yapon iqtisodi, she’riyati, nasri, nafis san’ati, tezkor ommaviy axborot vosita va axborot agentliklari haqida so‘z boradi.
To‘plamdan yapon shoiri Basyoning 100 ta she’ri, Akutagava Ryunoske hikoyalari, yapon xalq maqollari tarjimasi, Yaponiya tarixiy obidalari, orden va medallari, yapon milliy bayramlariga oid qiziqarli faktlar o‘rin olgan.
Kitobga shuningdek, O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari, rasmiy hujjatlar, Yaponiyaning O‘zbekistondagi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchilari va ikki mamlakat delegatsiyalarining tashriflari haqida ma’lumotlar kiritilgan. Morika Magosakining o‘zbek va yapon tillarda bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlar haqidagi tadqiqoti ham kitobdan joy egallagan.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Geri dön