Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/davam/public_html/engine/modules/show.full.php on line 292
davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Türk dünyası-Turan > Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bayonoti BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bayonoti BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi |
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi o‘tkazildi. Uning yakunida qo‘shma bayonot qabul qilindi va mintaqa mamlakatlari maslahat sammitlarini tayyorlash va o‘tkazish tartibi ma’qullandi. Qo‘shma bayonot matni BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan Maslahat uchrashuviga doir axborot tashkilotning olti rasmiy tili – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida chop etildi, deyiladi “Dunyo” axborot agentligi xabarida.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvini muntazam o‘tkazish mexanizmiga oid tashabbus bilan chiqqan edi. Mazkur tashabbus mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev, Qozog‘istoning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, davlatlar o‘rtasidagi savdo to‘siqlarini olib tashlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va transchegaraviy imkoniyatlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qator masalalarni muhokama qildi. Markaziy Osiyo barqarorlik va izchil taraqqiyot, yaxshi qo‘shnichilik, xavfsizlik va farovonlik mintaqasi bo‘lishi kerakligi yuzasidan umumiy manfaatdorlik bildirildi. Uchrashuvda xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Tadbirda bugun mintaqamizda tom ma’nodagi yangi siyosiy muhit shakllangani, o‘zaro ishonch darajasi sezilarli oshgani hamda hamkorlik va gumanitar aloqalar faollashgani qayd etildi. Markaziy Osiyo – dunyoning asrlar davomida qardosh xalqlar tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelayotgan kam sonli mintaqalaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formatidagi har yili o‘tkaziladigan sammitlari o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va uni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega. DAVAM.AZ “Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan) Geri dön |