Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/davam/public_html/engine/modules/show.full.php on line 292
davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Türk dünyası-Turan > Jahon urushi g‘alabasining 75 yilligiga bag‘ishlan tarixiy film sur’atga olinmoqda
Jahon urushi g‘alabasining 75 yilligiga bag‘ishlan tarixiy film sur’atga olinmoqda |
“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan Jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Ilhaq” tarixiy badiiy filmi real voqealar asosida sur’atga olinmoqda. Agentlik xabarida qayd etilishicha, rejissyor Jahongir Ahmedovning ushbu yangi kartinasida Toshkent viloyatining Zangiota tumani Xonobod qishlog‘ilik Zulfiya aya Zokirova taqdiri hikoya qilinadi. Zulfiya ayaning besh o‘g‘li: Xolmatov Isoqjon, Xolmatov Ahmadjon, Xolmatov Muhammadjon, Xolmatov Vahobjon, Xolmatov Yusufjonlar urushdan qaytmagan. Birin-ketin hamma ayaning o‘g‘illaridan qora xat keladi. Aya ayniqsa kenjasi Yusufjon uchun qattiq kuyunib o‘tgan ekan. Chunki faqatgina Yusufjon hali uylanmagan, undan zurriyot qolmagan edi.
Qishloqdoshlardan kimningdir bolasidan qora xat kelsa, uni ”seni bitta bolang o‘ldi, qaddingni tut, ana Zulfiya besh pahlavonidan ayrilib ham sabr qilayapti” deb bir-birlariga taskin berishgan. Urushdan so‘ng aya kelinlariga “xohlasanglar turmush qilinglar” degan, ammo kelinlari rad qilishgan ekan. Kelinlar juda erta, yosh beva qolgan bo‘lsalar-da, bir umr erlariga sadoqatda, Zulfiya ayaning bag‘rida yashab o‘tishgan. Keyinchalik Zulfiya ayaning o‘g‘illaridan faqat ikkitasi haqida ma’lumot chiqadi. Muhammadjon Xolmatovdan kelgan yo‘qolgan “qora xat“ topilib, u 1945 yil 24 fevral kuni Polshaning Vembrandava rayonida halok bo‘lgani va o‘sha yerga dafn qilingani, kenja o‘g‘il Yusuf Xolmatov esa tankchilar komandiri bo‘lganligi, Leningrad qamalini yorib o‘tish uchun bo‘lgan janglarning birida tanki yonib ketib, og‘ir yaralanganligi, gospitalda vafot etganligi ma’lum bo‘ladi. Yusuf Xolmatov Piskarev qabristoniga dafn etilgan ekan. Badiiy film ushbu ayanchli real taqdirlarni hikoya qiladi. DAVAM.AZ “Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan) Geri dön |