Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/davam/public_html/engine/modules/show.full.php on line 292 davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Çap səhifəsi > Deputat va senatorlarga guvohnoma va koʻkrak nishoni topshirildi
davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Türk dünyası-Turan > Deputat va senatorlarga guvohnoma va koʻkrak nishoni topshirildi

Deputat va senatorlarga guvohnoma va koʻkrak nishoni topshirildi


Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga guvohnoma hamda koʻkrak nishonlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi. Parlament saylovlari natijalariga koʻra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatini va Senatining 97 nafar aʼzosini roʻyxatga oldi. Senat aʼzolarining 13 nafari Oʻzbekiston prezidentining farmoniga asosan tayinlangan. Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov milliy parlamentimizning yangi saylangan va Prezidentimizning farmoniga binoan tayinlangan aʼzolarini xalq vakili boʻlishdek sharafli maqomga musharraf boʻlgani bilan tabrikladi. Saylovchilarning, yaʼni 33 millionlik xalqning, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yuksak ishonchiga sazovor boʻlish hammaga ham nasib etavermaydigan yuksak sharafdir.
“Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida ochiq, oshkora va kuchli raqobat muhitida oʻtgan bu galgi parlamentva mahalliy kengashlar saylovlarida deputatlik, senatorlik mandatiga erishish hech kimga oson kechgani yoʻq. Bu - erkin, demokratik jamiyat uchun tabiiy hodisa. Oʻtgan saylovlar natijasida zamonaviy Oʻzbekiston tarixida ilk bor real raqobatga asoslangan milliy parlamentimiz shakllantirildi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilganidek, saylovlar ham mazmun, ham shakl jihatidan mutlaqo yangicha oʻtdi. Bu mamlakatimiz endilikda butunlay yangi – demokratik oʻzgarishlar yoʻlidan dadil borayotganining yorqin ifodasidir. Yangilanayotgan Oʻzbekistonningyangi parlamentidan xalqimizning umidi katta. Zero, endi har bir deputatning va har bir senatorning zimmasida har bir saylovchi, har bir fuqaro, butun xalqimiz va prezident oldida yuksak masʼuliyat yuki bor. Bu muqaddas yukning nomi - xalqimiz farovonligini yanada oshirish, Oʻzbekistonimizning eng rivojlangan demokratik davlatlar safidan mustahkam joy olishi uchun shu yurt farzandi sifatida munosib hissa qoʻshish. Tadbirda parlament aʼzolari endi oʻzining bor kuch-gʻayrati, ulkan ilmiy, ijodiy va liderlik salohiyatini hamda insoniy fazilatlarini xalqimizning va mustaqil Vatanimizning ravnaqi yoʻlida safarbar etadi, degan umid bildirildi.
– Bugun yangi saylangan senator va deputatlarga guvohnoma va koʻkrak nishoni topshirildi, shu qatorda turishning oʻzi katta masʼuliyat yuklaydi, –deydi Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, senator Elmira Bositxonova. – Prezidentimizning farmonlari bilan senatorlikka tayinlandim. Ushbu yuksak ishonchga javoban senatorlik faoliyatimizni xalqimiz talab qilgandek, Prezidentimiz talab qilgandek yangi ruhda, bor kuch va imkoniyatimizni ishga solgan holda olib borishimiz lozim. Oʻylaymanki, yangi shakllangan parlament oʻz faoliyatini mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga hamohang tarzda olib boradi.
– Prezidenting farmoni bilan senatorlikka tayinlanishim bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtiborning yana bir yorqin namunasi, deb oʻylayman, – deydi Oʻzbekiston prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Saʼdullayev. – Yoshlar yetakchisi sifatida aytmoqchimanki, bizga bildirilgan yuksak ishonchni oqlab, yoshlar tashabbuslarini birlashtirib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshamiz.
– Yangi saylangan deputat sifatida faoliyatimizni boshlash arafasidamiz, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova. – Xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakatimizning eng rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi uchun oʻz hissamizni qoʻshamiz. Parlamentda xotin-qizlar va yoshlarning soni ortgani jamiyatning har bir boʻgʻini bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega.

DAVAM.AZ

“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Geri dön