Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/davam/public_html/engine/modules/show.full.php on line 292 davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Çap səhifəsi > Davlat qoʻgʻirchoq teatri toʻliq rekonstruksiya qilindi
davam.az - BÜTÖV AZƏRBAYCAN ADINA! > Türk dünyası-Turan > Davlat qoʻgʻirchoq teatri toʻliq rekonstruksiya qilindi

Davlat qoʻgʻirchoq teatri toʻliq rekonstruksiya qilindi


Oʻzbekiston Davlat qoʻgʻirchoq teatri bino rekonstruksiyasi yakuniga yetmoqda. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi. Teatr ushbu binoga 1979-yilda koʻchgan boʻlib, 40 yil ichida taʼmirlanmagan. Shu sabab, bino asta-sekin oʻzining boshlangʻich koʻrinishini yoʻqotib bordi. Hozirgi rekonstruksiya nafaqat uning dastlabki koʻrinishini saqlab qolgan, balki unga qoʻshimcha yangiliklar ham kiritilgan.
Binoga avvalgi oppoq rangi qaytarilib, kiraverishda ertak qahramonlari oʻrin olgan favvoralar oʻrnatilgan, rangli keramik bezaklar yangilangan. Kirish qismining yuqorisida joylashgan bronzali kompozitsiya qaytadan tiklandi, tomoshabinlar zali va sahna yangilandi, foyedagi “sehrli” devor rekonstruksiya qilindi, chap tarafda yangi panno, oʻng tarafda esa favvorali kichik hovli qoʻshilgan. Naqshinkor ustunlar va yoritgichli shift yangilanib, teatr keng va yorugʻ koʻrinish kasb etgan. Rekonstruksiya oʻtgan yilning aprel oyida boshlanib, hozirda deyarli hamma ishlar yakuniga yetgan. Zalning yoritish va ovoz berish uskunalarini oʻrnatish qoldi, ular eng zamonaviy boʻladi. Teatr direktori Xotam Oxunovning soʻzlariga koʻra, bino shu yilning aprel oyida tomoshabinlar uchun oʻz eshigini ochadi. Hozirda sahna tomoshalari Toshqishloqmashdagi Musiqa uyida oʻtkazilib, teatr jamoasi oʻz binosiga qaytishni intiqlik bilan kutmoqda. Xabarda qayd etilishicha, tez orada yangilangan Oʻzbekiston Davlat qoʻgʻirchoq teatrida bosh rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Shomurod Yusupov boshchiligida bolalar va kattalar uchun sevimli tomoshalar namoyish etiladi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Geri dön