Şrift:
Turkmaniston Prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
27.11.2019 [09:15] - Türk dünyası-Turan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qiladilar hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishini ko‘rib chiqadilar.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar. Turkmaniston Prezidenti 29-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 474 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed