12.12.2019 [12:06] - Türk dünyası-Turan
Poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” saroyida yurtimizda ilk marta oʻtkazilayotgan “Oltin kabutar” ijodiy tanlovi gʻoliblarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir va gala-konsert boʻlib oʻtdi. Mazkur ijodiy loyiha “Mening yurtim”, “Yoshlar” telekanallari va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan boʻlib, ushbu tanlovda televideniye, sanʼat va madaniyat hamda kino sohasi vakillari taqdirlanishi koʻzda tutilgan. Mamlakatimizda madaniyat, sanʼat, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, bu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Oltin kabutar” tanlovida 2019-yilda samarali mehnat qilgan ijodkorlar koʻplab nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanadi. Eʼtiborga molik jihati, “Oltin kabutar” gʻoliblarini hakamlar hayʼati emas, balki tomoshabinlarning oʻzi SMS orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlaydi. Buning uchun ishtirokchilar tegishli tartibda besh bosqichda saralashdan oʻtdilar.
Biz mashhur sanʼatkorlarning bolaligi, oʻsha begʻubor damlarga oid eng yorqin xotiralar haqida turkum koʻrsatuv tayyorlab boramiz, – dedi “Milliy TV” telekanali “MTV Show Kids” koʻrsatuvi muallifi va prodyuseri Komil Hasanov. – Koʻrsatuvimiz sakkiz oydan buyon efirga ketayapti. Reytingi baland. Ehtimolki, taniqli odamlarning bolalik onlariga qaytgani bilan tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotgandir. “Oltin kabutar” ijodiy tanlovida “Eng yaxshi koʻrsatuv” nominatsiyasida ishtirok etganimizdan gʻoyat mamnunmiz. Muhtasham sahnada zavqli raqslar, shoʻx qoʻshiqlar yangraydi. Film va koʻrsatuvlardan lavhalar tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi. Tadbirda “Oltin kabutar” mukofoti “Eng yaxshi milliy serial”, “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi videoklip”, “Eng yaxshi estrada xonandasi”, “Eng yaxshi teleboshlovchi”, “Eng yaxshi telejurnalist”, “Eng yaxshi tok-shou”, “Eng yaxshi saundtrek”, “Eng yaxshi koʻrsatuv” kabi nominatsiyalar boʻyicha aniqlandi. Shuningdek, “Oʻzbek sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun”, “Oʻzbek televideniyesi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun”, “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyasida tanlovning maxsus mukofotlari topshirildi.
Bundan tashqari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng yaxshi konsert dasturi”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi badiiy film”, “Yil blogeri”, “Yilning eng faol yoshi”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, “Yil investori”, “Yilning eng yaxshi ixtirochisi”, “Yilning eng yaxshi arxitektori”, “Yilning eng yaxshi maqom ijrochisi”, “Yil rassomi”, “Yil shifokori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” kabi ragʻbatlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etildi.
DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Bu xəbər oxucular tərəfindən 493 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |