Şrift:
“Qo‘qon shamoli” tarixning achchiq haqiqatlari haqida so‘zlaydi
20.12.2019 [14:04] - Türk dünyası-Turan
Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “ O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Qo‘qon shamoli” tarixiy-badiiy filmining taqdimoti o‘tkazildi.
... Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomoshabinlar bilan gavjum. Film muhitini gavdalantirish uchun qurilgan dekoratsiyalar, mashhur aktyor va aktrisalar bilan suratga tushish uchun yaratilgan maxsus maydonchalarda tomoshabinlar film ijodkorlari bilan suratga tushdi. Kinosaroyning ikkinchi qavatida filmda kiyilgan liboslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Keng jamoatchilik, kinoshunoslar, mutaxassislar ishtirokidagi tadbirni “ O‘zbekkino“ milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi. Filmni suratga olish jarayoni haqida gapirdi. Film ijodkorlari tanishtirildi. Shundan so‘ng kartina keng jamoatchilikka havola etildi.
“Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi “ Dilshoh media” kinostudiyasi rahbari, prodyuser Mahmud Erkaboev va rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan. Unda Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari, Alisher Navoiy yaratgan Hirot adabiy muhitidan keyingi hodisa sifatida e’tirof etilgan Qo‘qon adabiy muhiti va Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan Amir Umarxon hamda uning ayoli, betakror shoira Nodirabegimning hayoti yoritiladi. Filmda Nodirabegim rolini yosh aktrisa Rayhon Asatova, Amir Umarxon rolini Ilhom Berdiev, Olimxon rolini esa Bobur Yo‘ldoshev ijro etgan.
Bir yarim soatga yaqin davom etgan “Qo‘qon shamoli” tomoshabinlarni yana bir bor o‘tmish sahnasiga olib kirdi. Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari kabi tarixiy jarayonlari haqida boxabar etadi. Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmini 20 dekabrdan yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 551 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed