Şrift:
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat litsenziyalanadi
23.12.2019 [00:08] - Türk dünyası-Turan
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat litsenziyalanadi.
Litsenziya litsenziya daʼvogarining soʻrovnomasiga koʻra 1- va 2-toifalar boʻyicha beriladi. Yaʼni obyektning Respublika va mahalliy ahamiyatga ega ekanligi Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining buyrugʻi bilan belgilanadi. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan muddatga beriladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma bilan murojaat qilgan yuridik shaxsga litsenziya obyektlarning tegishli toifasida asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 450 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed