24.12.2019 [12:02] - Türk dünyası-Turan
Muhammed Savash Kafkasyali: Hamkorlikdagi xalqaro anjuman O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini oshirishga xizmat qiladi. “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga Turkiyaning strategik fikrlash instituti prezidenti Muhammed Savash Kafkasyali tashrif buyurdi. Ma’lumki, mazkur institut dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega yetakchi “Aql markaz”laridan biri hisoblanadi.
Kafkasyali O‘zbekistonda ilk bor yangi Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tgan ochiq va oshkora saylov jarayonlariga yuzlab xorijiy kuzatuvchilar va xalqaro missiyalar vakillari guvoh bo‘lgani, fuqarolarning saylov huquqidan erkin foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani, odamlarning kayfiyatidagi ko‘tarinkilik, erkinlik, yangilanishga bo‘lgan ishtiyoq, o‘zgarish yaqqol sezilib turgani, saylov kampaniyasi sog‘lom raqobat, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga mos o‘tganini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga, turkiyalik nufuzli mehmon O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi tub islohotlarning amaldagi natijalarini, mamlakat rivojlanishi yo‘lidagi o‘zgarishlarni ko‘rib, his qilganini aytib o‘tdi va qisqa muddatda qo‘lga kiritilayotgan katta yutuqlardan mamnun ekanini e’tirof etdi.
Kafkasyali Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotganiga ham alohida to‘xtalib, iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zi rahbarlik qilayotgan institut va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faol hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi. Xususan, Markaz bilan hamkorlikda 2020 yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda dunyoning 100 nafarga yaqin nufuzli ekspert-mutaxassislari, taniqli “Aql markaz”lari va mashhur OAVlar vakillari ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etish taklifini bildirdi. Ushbu anjumanda mintaqaga oid eng dolzarb va muhim masalalar muhokama etilishi, tadbir O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini oshirishga xizmat qilishi alohida e’tirof etildi. Kafkasyalining ushbu taklifi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi va qo‘llab-quvvatlandi.
DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Bu xəbər oxucular tərəfindən 456 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |