Şrift:
Мadaniyat markazi zamonaviy qiyofada
29.12.2019 [23:21] - Türk dünyası-Turan
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida “Xo‘ja Hasan” madaniyat markazi kapital ta’mirdan so‘ng, foydalanishga topshirildi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qariyb 1,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlangan muassasada kutubxona, o‘quv zali, ma’naviyat va mashg‘ulot xonalari zamonaviy jihozlangan. Barcha qulayliklarga ega tomosha zali va kichik sahna turli tadbir, marosimlar uchun mo‘ljallangan.
Markazda raqs, ashula, doira, dutor va qo‘g‘irchoq teatri kabi 15 ta yo‘nalishda to‘garak tashkil etildi, – deydi markaz rahbari N.Rajabova. – Hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari darsdan bo‘sh vaqtida markazga kelib, o‘zlari xohlagan yo‘nalishda mahorat oshirishi mumkin.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 471 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed