08.01.2020 [11:19] - Türk dünyası-Turan
Maktab davrini o‘quvchilarimizning nafaqat barkamol voyaga yetishi, balki ularningqiziqishlarining to‘la-to‘kis shakllanish bosqichiga qiyoslash mumkin. Talantli o‘quvchining intilishini avvalo murabbiy anglaydi. To‘g‘ri yo‘nalish va tarbiya berilsa, kichik iqtidor sohibi bo‘y cho‘zadi, keyinchaliku, ulkan intellektual yaratuvchiga aylanadiki, natijada butun boshli davlat va millat ravnaqiga xizmat qiladi. Boyovut tumanida Bekat nomli qishloq bor. Ikkinchi jahon urushidan keyin temir yo‘l bekati atrofiga O‘zbekistonimizning turli go‘shalaridan odamlar kelib yashab qolishadi va u ramziy tarzda "Bekat", deya atala boshlandi. Keyingi yillarda 6-umumta’lim maktabidan yetishib chiqayotgan bir necha iqtor sohiblari qishloq dovrug‘ini ko‘tara boshladi. Sardor Mamatqulov, Viloyat Bozorova, Muxlisa Mirzaeva singari tasviriy san’at yo‘nalishida izlanayotgan yoshlar nafaqat Sirdaryo viloyati, balki respublika miqyosidagi anjumanlarda nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. 6-sinf o‘quvchisi Lochinbek Zokirov Yaponiya hukumati tomonidan tashkil etilgan "Ona zamin muhofazasi va tabiat" mavzusidagi tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasida qatnashib, 94 davlatdan qatnashgan 18 ming ishtirokchi ichida 48 nafar g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi va boyovutliklar nomini dunyoga tanitdi.
“Maktabimizda amaliy fanlar metodik birlashmasi tomonidan tasviriy san’at fanlarining o‘qitilishiga katta e’tibor qaratilmoqda, — deydi maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Karimboy Mirzaev. Sababi, o‘quv dargohida necha o‘n yilliklar davomida tasviriy san’at fanlari izchil o‘qitish samarasi o‘laroq, o‘quvchilarimiz biri-biriga havas qilib rassomlik iqtidorini namoyon qila oldilar. Bolalar ijodini targ‘ib qilish, ularga e’tibor qaratish maqsadida maktabimizda tasviriy san’at muzeyi tashkil qilganmiz. Hozirda Kamoliddin Bekzod nomidagi dizayn va rassomlik instituti talabalari Zilola Sattorova, Sarvinoz Tosheva, Dildora Primqulova, avval rassomchilik, keyinchalik kinorejissurada ijod qilayotgan Oybek Qarshiboev va bir qancha sobiq o‘quvchilarimiz asarlari bu yerdan o‘rin olgan. Ular avtoportret, manzara, tarixiy, har xil yo‘nalishlarni qamrab olgan. 2018 yilda tuman miqyosida o‘quvchilarimizning bu fandan o‘zlashtirishi yuqori baholandi, ”Yilning eng yaxshi tasviriy san’at fani o‘qituvchisi“ deya e’tirof etildim. Ayni paytda o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul bo‘lsam-da, tasviriy san’at borasidagi tashabbuslarni doimo qo‘llab quvvatlayman”.
Bekat qishlog‘idagi bu maktab o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan. Keyingi yillarda u-bu ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lsa-da, yangi innovatsin texnikalar hali yetarli emas. Jumladan, biri-biridan iqtidorli yosh rassomlarning 150 dan ortiq ishlari ham ta’mirtalab xonada joylashgan.
”Jamoamizda 58 o‘qituvchi 559 o‘quvchiga dars beradi, — deydi maktab direktori Olloberdi Islomov. — Qishlog‘imizda maktabimiz asosiy ma’naviyat o‘chog‘i hamdir. Turli ma’naviy tadbirlar ham asosan shu yerda o‘tkaziladi. Ta’lim tizimidagi tezkor yangilanishlar, ”Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik “tamoyilining ilgari surilishi, ”Oila-mahalla-maktab-oliy o‘quv yurti“ konsepsiyasi hali ko‘plab iqtidorlarni kashf etish, o‘qituvchining obro‘sini oshirish yo‘lidagi uzviy qadamdir. Shu bois, maktabimiz 2020-2022 yillar davrida “Zamonaviy maktab” dasturiga kiritilib, yangi qiyofa kasb etayotganidan behad xursandmiz”.
Chindan-da Bekat qishlog‘ining kashf etilmagan iqtidorli yoshlari ko‘p. Ular hali ilm-fan adabiyot, tasviriy san’atda o‘z salohiyatini namoyon qila oladi. Men esa buyuk adib Chingiz Aytmatov: ”Insonga abadiylikning bitmas tuganmas harakatini o‘zida mujassamlashtirgan aqliy afzalliklar ato qilingan va inson omon qolishni istasa, taraqqiyotning cho‘qqilari sari ko‘tarilishni xohlasa, u o‘zidagi yovuzlik ustidan g‘alaba qilmog‘i zarur” degan so‘zlarini yana bir bor esladim.
DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Bu xəbər oxucular tərəfindən 466 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |