Şrift:
“101-reys“ filmi tez orada namoyish etiladimi?
13.01.2020 [11:32] - Türk dünyası-Turan
“O‘zbekkino“ milliy agentligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida “101-reys“ nomli badiiy filmni suratga olish ishlari tugallangan. Rejissyor Akrom Shohnazarov tomonidan Nyu-Yorkdagi 11 sentyabr voqealariga uyg‘un mavzuda suratga olingan bu asar O‘zbekistonda ishlangan ilk “film-katastrofa” deb baholanmoqda. Film-katastrofa ekstremal hodisa fonida yuz beradigan voqea aks etgan film hisoblanadi.
Kinoasar ssenariysini Shohsanam Sufieva hamda Akrom Shohnazarovlar yozishgan. Kartina “Ravshan Norbayev pictures” kinostudiyasi tomonidan suratga olindi.
Filmda O‘zbekiston Qahramoni, jasur uchuvchi Zarxo‘ja Saidazimovning 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan terakt sababli yuzaga kelgan halokatli vaziyatdagi jasorati haqida hikoya qilinadi. Film ijodkorlari bergan ma’lumotga ko‘ra, 2001 yilda AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududi bir muddat ëpib qo‘yiladi. O‘shanda 180 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari“ning “Boing-767“ samolyoti (101-reys) ekipaji muammoga yo‘liqqan. Kartina ana shu muammo va unga yechim topgan o‘zbek uchuvchisining jasorati haqida.
O‘zbekiston Qaxramoni Zarxo‘ja Saidazimovning jasoratli obrazini taniqli aktyor Hoshim Arslonov ijro qilgan. Film joriy yilda tomoshabinlarga taqdim etilishi kutilmoqda.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 555 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed