26.01.2020 [22:00] - Türk dünyası-Turan
Bizning ona tilimizchalik shevalarga boy, rangin til dunyoda boʻlmasa kerak. Istagan soʻzni oling, uni Toshkentda bir xil, Fargʻona yo Namanganda boshqacha aytiladi. Viloyatlarni qoʻying, bir tumanning turli qishloqlarida turlicha talaffuz qoidalari bor.
Masalan, u yerda-bu yerda degan soʻzimiz bor. Toshkentlik oʻtda-boʻtda, fargʻonalik agʻda-bagʻda, namanganlik atda-batda, andijonlik ashagʻda-mashagʻda, deydi.
Sanʼtkorlar orasida aytiladigan latifaomuz boʻlgan voqea: Toshkentdan yoʻlga chiqqan poyezd Fargʻonaning bir kichikroq bekatida turib qolibdi. Poytaxtlik sanʼatkorlar vagon derazasidan bosh chiqarib odamlardan soʻrabdilar: Boʻt qat? Tabiiyki, u yerliklar savolni tushunmaganlar. Bu yer qayer? ― deb soʻramoqchi boʻlgan mehmonlarga faqat yelka qisganlar. Yanglish tushadigan telefon qoʻngʻirogʻi, adashib keladigan SMS xabari odatiy hodisa. Bir kun mobil telefonimga shunday yozuv tushdi: “Bilol, maqvos?”
Bilol ismli oshnasiga bu majhul savolni yuborgan kim edi, qiziqmadim. Lekin bu xat menga hanuz nashʼa qiladi, har zamon esimga tushsa savdoyi odamlardek dafʼtan kulib yuboraman. Gap shundaki, adabiy tilimizda maqvos degan soʻz yoʻq. Uni tushunish uchun, avvalo, toshkentlik boʻlish kerak, soʻng yozuvda koʻrish emas, quloq bilan eshitish kerak. Shundagina maqvos nima qilayapsiz, degan jumlaning shevadagi qisqargan shakli ekanini ilgʻash mumkin. Nima qilayapsiz ― nima qilvotsiz ― nima qivossiz ― maqvos! Ana sizga bir jumlaning “oʻsib yetilish” jarayoni! Yana ham toʻgʻrirogʻi, tilga beparvolik natijasida bir oʻzbekcha soʻz birikmasining boshiga tushgan koʻrgilik! Bir yonda shevachilik, bir yonda soʻzning yarmini yamlab yutishga boʻlgan tabiiy mayl qoʻshilib maqvos degan mavhum tovushlar yigʻindisi paydo boʻlibdi.
Menga yanglish kelgan SMS xabari xayolimni olib qochdi. Yalpi savodxon mamlakatlar safida turgan yurtimizda maqvos degan yozuv qanday paydo boʻldi? Yarim tunda mobil telefoniga xabar joʻnatgan odam albatta bogʻcha bolasi yoki boshlangʻich sinf oʻquvchisi emas. Garchi adabiy til boshlangʻich sinfdayoq oʻqitiladi. Bunday savodsizlikning ildizi nimada? Majburiy oʻrta taʼlim qayda qoldi? Yoki bozor iqtisodi sharoitida pul sanashni bilish kifoya boʻlib qoldimi? Maqvos degan savol bamisoli menga berilganday, savodimiz shu ahvolda, siz adiblar, ustoz murabbiylar nima qilayapsizlar, degan xitobday tuyuldi. Bu ham kuladigan, ham kuyadigan vaziyat. Bilol, maqvos, degan savolga SMS orqali javob shunday boʻldi:
Bilolmasman, maqvosni ham bilolmasman.
Bu yerda degan ibora Toshkent shevasida boʻtda, Fargʻona shevasida bagʻda tarzida talaffuz etiladi. Turklar burda, deydilar. Qay yerda degan ibora ham adabiy tilimizga qisqacha qayerda boʻlib kirdi. Toshkentlik qatda, fargʻonalik qagʻda, deydi. Turklar ne yerda iborasidan kisqacha qilib nerda soʻzini yasabdilar. U yerga, bu yerga borsa fargʻonalik aqqa bordim, baqqa bordim deydi.
Erkin VOHIDOV,
Oʻzbekiston xalq shoiri
DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Bu xəbər oxucular tərəfindən 912 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |