Şrift:
Aka-uka rassomlar ko‘rgazmasi
30.01.2020 [14:34] - Türk dünyası-Turan
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida andijonlik rassomlar aka-uka No‘monjon va Abdullajon Xolmirzaevlarning O‘zbekiston bo‘ylab sayyor ko‘rgazmalarining yakuniga bag‘ishlangan “Nigoh” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada ikkala rassomning xalqimizning milliy an’analari, turmush tarzi, qadriyatlari va urf-odatlari aks etgan 70 dan ortiq ishlari namoyish qilindi. No‘monjon Xolmirzaev 1980 yili Andijon pedagogika bilim yurtini tamomlab, 1980-1984 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining “Badiiy grafika” yo‘nalishida tahsil olgan. Abdullajon Xolmirzaev esa maktabni bitirgach, akasi ortidan borib, P.Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. Kollejni tamomlagach, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o‘qigan. Aka-uka rassomlar ijod sohasida alohida did va qarashlari bilan ajralib turadi. Buni ular yaratgan asarlarni kuzatgandagina anglash mumkin.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 618 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed