Şrift:
Maqsadimiz isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdir
31.01.2020 [11:28] - Türk dünyası-Turan
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinovning akademiya tasarrufidagi oʻquv muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda belgilab berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda A.Nuriddinov Badiiy akademiya tizimida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ular isteʼdodi va salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi loyihalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzladi. Xususan, u davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilda yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yasash boʻyicha ulkan maqsadlar belgilanganligi, jumladan, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni ish bilan taʼminlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun sharoit yaratish, qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarish, boʻyicha tegishli topshiriqlar berilganligini aytib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasida davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi saʼy-harakatlarni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi Oʻzbekiston tarixida yoshlar taʼlim-tarbiyasi boʻyicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. Maʼlumki, birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Tashabbus ijrosi doirasida, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan “Rassom ustaxonasida mehmonda” loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Loyihadan koʻzlangan maqsad ham asosan nomutaxassis yoshlar auditoriyasini sanʼat turlariga jalb qilish, ularning tasviriy va amaliy sanʼatga boʻlgan qiziqishini uygʻotish, kasbga yoʻnaltirish, isteʼdodini yuzaga chiqarish va qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir. Loyiha talabiga koʻra maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchi va oʻquvchi-talabalari uchun ijodkorlarning shaxsiy ustaxonalarida ijodiy uchrashuv hamda mahorat darslari tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Mazkur loyiha doirasida oʻtkazilayotgan ijodiy uchrashuvlarning aynan rassomlar ustaxonalarida tashkil etilishi bejiz emas, albatta. Yoshlarga haqiqiy ijodiy muhitni koʻrsatish orqaligina tasviriy sanʼat olamini anglashlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratishga, ushbu kasbga boʻlgan chin maʼnodagi muhabbatni uygʻotishga erishish mumkin. Shuningdek, Prezidentimizning mamlakat yoshlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash boʻyicha Surxondaryo viloyatida Roʻzi Choriyev nomidagi ijod maktabini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ijod maktabini tashkil etish orqali rang va tasvir sohasining yetuk namoyandalariga hurmat va ehtirom ramzi sifatida Roʻzi Choriyevning ijoddagi anʼanalarini davom ettirish, ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda isteʼdodlarni rivojlantirishga erishiladi. Joriy yilning aprel oyida yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, madaniyat va sanʼatga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali tashkil qilinadi, – dedi Badiiy akademiya matbuot xizmati rahbari Qahramon Qoʻldoshev. – Bu borada sohada yosh isteʼdod sohiblarini izlab topish, ular bilan ishlash, iqtidorlarini roʻyobga chiqarish uchun chuqur oʻylangan tizim joriy etilgan. Shuningdek, iyun oyida “Navqiron Oʻzbekiston” iqtidorli yoshlar respublika koʻrgazma-tanlovini oʻtkazishni ham rejalashtirganmiz. Yana bir loyiha “Yosh musavvira qizlar” tanlovi. Ushbu loyiha natijasida tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi yosh ijodkor qizlarning milliy oʻzligimizni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yorqin sanʼat asarlarini yaratishdagi faoliyati ragʻbatlantiriladi hamda yosh ijodkor qizlarning izlanishi, oʻz qobiliyatini namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. Badiiy akademiya tizimida mazkur tadbirlarni tashkil qilishdan maqsad tasviriy va amaliy sanʼat, miniatyura, dizayn sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni maʼnaviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdir.

DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)
Bu xəbər oxucular tərəfindən 536 dəfə izlənilmişdir!
Google Yahoo Facebook Twitter
Del.icio.us Digg StumbleUpon FriendFeed