16.02.2020 [10:03] - Türk dünyası-Turan
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning har bir misrasi, bayti, bandi mingyilliklar qaʼridan otilib chiqqan hikmatlar bilan yoʻgʻrilgan. Ushbu misralar oʻz zamonida qanchalik xizmat qilgan boʻlsa, bugun ham zamondoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar uchun shunchalik ahamiyatli. Bu ikki alloma barcha zamonlar va barcha makonlar mutafakkiri sifatida XXI asrning tugunlari yechimiga yoʻl koʻrsatgan gʻoyalari bilan nihoyat darajada qadrlidir. Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ana shu millatning maʼnaviy ustunlari ijodiga bagʻishlangan “Ulugʻ ajdodlarimiz merosi yosh sharqshunoslar talqinida” mavzuidagi maʼrifiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Unda institut rektori Gulchehra Rixsiyeva tadbirni ochar ekan, institutda faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimiz taʼlim tizimida yagona hisoblanuvchi mumtoz filologiya taʼlim yoʻnalishida yozma meros bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash hamda mumtoz yodgorliklar boʻyicha mutaxassis modelini tayyorlashda klassik turkiy (eski oʻzbek), arab va fors tillarida yozilgan obidalarning manbashunoslik, matnshunoslik va filologik tahlil qila oladigan kadrlar yetishtirish ishiga ayricha urgʻu berish kerakligi haqida toʻxtaldi. Shuningdek, u mumtoz filologiya taʼlim yoʻnalishida saboq olayotgan va yozma merosni chuqur oʻzlashtirayotgan eng bilimdon talabalar uchun bu yildan boshlab rektor stipendiyasi joriy qilinganligini ham eʼlon qildi.
Shundan soʻng tadbirda elimizning taniqli olimlari Boqijon Toʻxliyev, Olimjon Davlatov, Burobiya Rajabova allomalarimiz merosi va qarashlari bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar hamda ularning asarlari orqali bugunning yoshlarini ajdodlar merosiga yaqinlashtir xususida soʻz yuritdi. El suygan hofiz Ilyos Arabov esa yigʻilganlarni Navoiy va Bobur gʻazallari asosida tayyorlangan qoʻshiqlari bilan xushnud etdi. Tadbir yakunida institut ilmi toliblarining sahna chiqishlari, Navoiy va Bobur asarlaridan turli sharq tillariga qilgan yangi tarjimalari ham oʻqib berildi.
DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Bu xəbər oxucular tərəfindən 474 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |