20.02.2020 [10:43] - Türk dünyası-Turan
Jahonning turli oʻlkalarida yaratilgan yozma manbalarda sharqona davlat boshqaruvi haqidagi qimmatli tajriba oʻz aksini topgan. Davlat va huquq tarixi hamda nazariyasiga oid “Al-ahkom as-sultoniyya val-valayat ad-diniyya” (“Sultonlik hukmlari va diniy boshqaruv qoidalari”) asari ana shunday muhim manbalar qatoriga kiradi.
Abulhasan Ali ibn Muhammad Movardiy (973-1058) qalamiga mansub ushbu nodir asar qoʻlyozmasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlab kelinmoqda. Asarda bayon etilgan X-XI asrlardagi musulmon davlati boshqaruv tizimi, undagi mansablar pogʻonasi, yer-suv masalalarini tartibga solish, oʻrmon va togʻ-kon xoʻjaliklarini tashkil etish, turli darajadagi mansabdorlarning siyosiy-huquqiy maqomiga oid qimmatli maʼlumotlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagani tufayli ushbu manbani oʻrganish hanuzgacha davom etmoqda. Tarixchi olim Ziyovuddin Joʻrayevning fikricha, saljuqiylar va gʻaznaviylar sulolasi bilan bir qatorda, asardan temuriy va boburiy hukmdorlar, Buxoro, Qoʻqon va Xiva xonlari ham foydalangani oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganish uchun uning chuqurlashtirilgan tadqiqotini amalga oshirishni talab etadi. Ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan mutafakkir va davlat arbobi, “Baytul hikma”ning raisi boʻlgan mutakallim va faqih Abulhasan Movardiyning “Al-ahkom as-sultoniyya” asari Abbosiy hukmdorlar Qodir Billoh va Qoim Biamrilloh iltimosiga koʻra, saltanat tuzish qonun-qoidalarini aniq bir tartibga keltirish maqsadida yozilgan. “Sultonlik hukmlari” kitobining manbashunoslik tadqiqotini amalga oshirish, mamlakatimiz va chet el kutubxonalarida saqlanayotgan qoʻlyozmalari, tarixiy va zamonaviy nashrlari, gʻarb va sharq tillariga qilingan tarjimalari hamda unga bagʻishlangan jiddiy tadqiqotlarni ilmiy muomalaga kiritish manbashunoslikning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Bu xəbər oxucular tərəfindən 456 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |