26.02.2020 [10:30] - Türk dünyası-Turan
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi Tatar qishlogʻining tabiatini taʼriflashga til ojiz. U xuddi dengiz chigʻanogʻi tubiga yashiringan marvaridga mengzaydigan kichik-kichik qishloqlardan tarkib topgan. Nov, Haydarbuloq, Shirinbuloq, Tatar, Suvlisoy, Chaqar, Kaltaqoʻl, Vori, Zarmas, Zomit qishloqlari ayni kunlarda oʻzida yetti iqlim tarovatiyu toʻrt faslning latofatini jo etgan, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Osmonda charaqlab turgan quyoshning zarrin nurlari purviqor togʻlar boshidagi qorda akslanib koʻzni qamashtiradi. Boychechaklar esa oʻsha qorlar va quyosh tafti oʻrtasida vositachilik qilayotganday goʻyo. Haybatli sharsharaning hovuri yuzga urilib, qalblarga huzur bagʻishlaydi. Sharsharadan tushgach yoʻldan ozgina adashib, muzga aylanib qolgan suv tomchilari tanayu fikrni tiniqlashtiradi. Eriyotgan muzliklarni tark etayotgan tomchilar esa mahzun musiqa chaladi. Musaffo togʻ havosi, togʻdan oqib tushuvchi sharqiroq zilol suvlari bilan maʼlumu mashhur bu qishloqlarga bir marta yoʻli tushib, qoʻnoq boʻlgan kishi u yerga yana va yana borgisi, tabiatning betakror goʻzalliklaridan bahra olgisi kelaveradi. Shuning uchun ham har yili yozda bu qishloqlar sayohatchilar bilan toʻlib-toshadi. Qolaversa, hudud tabiatidagi koʻplab jihatlar u yerning odamlariga ham yuqqan. 1 ming 200 ga yaqin xonadonda istiqomat qiluvchi 6 ming 560 nafardan ortiq aholining kattayu kichigi mehmonnavoz, xushxulq, xushmuomala, ahil-inoq, hazil-mutoyibaga boy, soʻzamol kishilar. Yaqinda viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondoni, viloyatdagi korxona-tashkilot va muassasalar mutasaddilari ana shu xushtabiat oshiyonning joriy yildagi ilk mehmonlari boʻldi. Koʻplab xayrli tadbirlar, ezgu amallarga boy boʻlgan mazkur ommaviy qabul oʻziga xos bayramga aylandi. Uning ishtirokchilari bu shodiyonani uzoq vaqt eslab yurishlari tayin. Bir tomonda sumalaklar qaynadi. Boshqa tomonda xotin-qizlarning lapar va aytishuvlari avj oldi. Topqirligu joʻshqinlikda yoshlar ham boʻsh kelmadi. Mehmonlar qishloqning nuroniy oqsoqollari bilan dildan suhbat qurgach, shu hududlarda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi bilan tanishdi. Shodiyona munosabati bilan tashkil etilgan mazkur yarmarkada oziq-ovqat mahsulotlari nisbatan arzon narxlarda sotilib, aholiga qulaylik yaratildi. Shundan soʻng bu yerga oʻsha kuni keltirib oʻrnatilgan koʻchma kutubxona ochildi. Mazkur kutubxonaga viloyat hokimligi tomonidan 7 million soʻmlikdan ortiq yangi kitoblar, oʻzbek va jahon adabiyotining durdonalari joylashtirildi. Bundan tashqari, mazkur qishloqlarda tugʻilib, voyaga yetgan olimlar ziyo maskaniga 200 dan ortiq kitob sovgʻa qildi. Tadbir davomida viloyat rahbarlari qishloqlarning nuroniy onaxonlari, xotin-qizlari bilan uchrashib, “Erta turmushning salbiy oqibatlari” hamda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilayotgan eʼtibor xususida suhbatlashdi. 37 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga kiyim-kechaklar tarqatildi. Gurung otaxonlar ishtirokida davom etib, qishloq ahlining muammolari tinglandi. Muloqot davomida koʻtarilgan baʼzi masalalar esa joyiga borib oʻrganilib, ularning yechimi yuzasidan qilinishi lozim boʻlgan ishlar belgilandi. Masalan, qishloqlarning ichki yoʻllarini taʼmirlashdan boshlashga kelishib olindi. Qoʻshimcha oʻrganish lozim boʻlgan masalalar xususida tushuntirish berilib, amaliy natijasi maʼlum qilinadigan boʻldi. Nov qishlogʻidagi koʻprik holati joyida oʻrganildi va nosoz koʻprik taʼmirlanib, zamonaviy koʻrinishda foydalanishga topshiriladigan boʻldi. Viloyat hokimi vaqt allamahal boʻlib qolganiga qaramasdan Kaltaqoʻl qishlogʻidagi 78-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga borib, u yerda tahsil olayotgan 128 nafar oʻquvchi uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim muassasasidagi mavjud muammolar bilan tanishdi. Oʻqituvchilar bilan suhbatlashib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Okrug qoʻmondoni esa maktabga chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fani boʻyicha zarur boʻladigan barcha oʻquv qurollari yetkazilishini bildirdi.
Tatarda ommaviy qabul munosabati bilan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazilib, 650 nafardan ortiq fuqaro bir qancha kasalliklar boʻyicha tekshirildi. Xastaligi aniqlangan kishilardan 38 nafariga tuman tibbiyot birlashmasida, 12 nafar kishiga esa viloyatdagi shifoxonalarda davolanishi uchun bepul yoʻllanmalar berildi.
Tadbir jarayonida qishloqqa elektr taʼminotida zoʻriqish va uzilishlar boʻlishining oldini olish uchun yangi transformator keltirildi. Barcha aholi punktlariga gaz taʼminoti korxonasi tomonidan gaz ballonlari yetkazildi. Shu oʻrinda aytish kerakki, “Hududgaz Qashqadaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan mazkur qishloqlar aholisini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida 1400 dan ortiq gaz ballonlari ajratilgan boʻlib, ballonlar grafik asosida yetkazib berilmoqda. Shu maqsadda ajratilgan yoʻltanlamas avtomashina yordamida qishning qor-qirovli kunlarida ham taʼminot uzluksiz boʻlishiga erishilmoqda. Qabul munosabati bilan 32 ta yangi oilaga ham gaz ballonlari tarqatildi. Qabul davomida shu yerda joylashgan 68-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari 5 tashabbus doirasida oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi. Harbiy texnikalar, qurol-yarogʻ va aslahalar koʻrgazmasi yoshlarda bu sohaga katta qiziqish uygʻotdi. Harbiy palatkada oʻtkazilgan “Qoʻmondon va yoshlar” uchrashuvi ham kun kayfiyatiga hamohang boʻldi. Unda qoʻmondon va viloyat hokimi yoshlar bilan dildan suhbat qurdi. Ularning savollariga javob qaytarib, orzu-umidlari bilan qiziqdi, bugungi kunda harbiylarga qaratilayotgan eʼtibor haqida soʻzlab berildi.
Shundan soʻng viloyat rahbarlari qosh qorayib qolganiga qaramay, xonadonma-xonadon yurib muammolarni oʻrgandi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, keksalar holidan xabar olinib, ularga sovgʻa-salomlar ulashildi. Muammolari oʻrganilib, hal etish choralari belgilab olindi. Shu kuni viloyat hokimi boshchiligidagi rahbarlar Kaltaqoʻl qishlogʻida umrguzaronlik qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Jabbor bobo Mahmudov xonadonida boʻlib, 100 yoshni qarshilagan otaxon bilan dildan suhbat qurdilar. Ommaviy qabul ishtirokchilari kechga borib qishloq ahli bilan suhbatni gulxan atrofida davom ettirdi. Harbiy orkestr, oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, maxsus harbiy operatsiyalar guruhining chiqishlari, xushovoz xonandalar ijrosidagi dilrabo kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga xushnudlik ulashdi. Uzoq yaqindan bayram xabarini olgan mingdan ortiq qishloq ahli bir maydonga toʻplandi. Tadbir davomida maktabga sport anjomlari va boshqa sovgʻa-salomlar taqdim etildi. Bir soʻz bilan aytganda, togʻ aholisi dardini his qilish uchun ular yashayotgan muhitda oʻtgan bir kun koʻplab muammolar yechimida sabab boʻldi.
DAVAM.AZ

Bu xəbər oxucular tərəfindən 502 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |