28.02.2020 [12:50] - Türk dünyası-Turan
Dramaturgiya kengashi raisi Shuhrat Rizaev kengash faoliyati yuzasidan axborot berdi. Hisobot davrida dramaturgiya (teatr va kino) kengashi tomonidan teatr, kino, televidenie, hujjatli kino yo‘nalishlarida ssenariy va pesalar yaratish, mavjudlarini turli darajadagi muhokamalardan o‘tkazish, mulohaza, munosabat bildirish, amalga oshirilgan ijodiy loyihalarning jamoat ko‘riklarida ishtirok etish, festival hamda ko‘rik-tanlovlar bilan bog‘liq jarayonlarda faol qatnashish kabi qator vazifalar amalga oshirildi. Yozuvchilar uyushmasining, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatrlarni rivojlantirish boshqarmasi repertuar tahririyati sho‘basi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi va “ O‘zbekkino” milliy agentligining hamkorlikdagi turli ijodiy loyihalarida kengash a’zolari yaqindan ishtirok etdi. “ O‘zbekkino” agentligining badiiy kengashi, Madaniyat vazirligining badiiy kengashi yig‘ilishlarida turli spektakl va badiiy filmlar, hujjatli filmlar muhokamalarida chiqishlar qilishdi. O‘tgan davr mobaynida kengashga kelgan bir necha pesalar o‘qilib, tegishli tavsiyalar berildi. Kengash tomonidan nashrga tayyorlangan “O‘zbek dramaturgiyasi namunalari” to‘plami “ Akademnashr” nashriyotiga taqdim etildi. Yosh dramaturglardan Obidjon Ro‘ziboev va Shavkat Do‘stmuhammadning pesalari chop etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hamid G‘ulom tavalludining 100 yilligi, atoqli adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov tavalludining 90 yilligi, ulug‘ adib Abdulla Qodiriyning 125 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechalarida taniqli yozuvchi va shoirlar, jamoat arboblari, dramaturglar qatnashdi. Shuningdek, bir qator dramaturglar Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan Tog‘ay Murod asari asosida sahnalashtirilgan “Ot kishnagan tomonda”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” spektakli va Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida G‘afur G‘ulom asari asosida sahnalashtirilgan “Shum bola” qo‘g‘irchoq spektakli, O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor A.Xolmo‘minov tomonidan sahnalashtirilgan “Jaloliddin Manguberdi” (N.Eshonqul asari) spektakli ko‘rigi va muhokamasida ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda dramaturgiya kengashining joriy yildagi rejalari muhokama qilindi va vazifalar belgilab olindi.
DAVAM.AZ
“Daşkənd Bürosu” (Özbəkistan)

Bu xəbər oxucular tərəfindən 489 dəfə izlənilmişdir!
Yahoo | |||||||
Del.icio.us | Digg | StumbleUpon | FriendFeed |